O'zb | Ðóñ | Eng www.edu.uz |www.uzedu.uz | www.pedagog.uz | www.gov.uz  
  Bosh sahifa  | 
Institut haqida
Rahbariyat
Institut tarixi
Institut strukturasi
Fakultetlar
Fizika - matematika
Filologiya
Kimyo-geografiya
Tarix
Pedagogika
Jismoni tarbiya
Bo`limlar
Manaviyat bo`limi
O`quv bo'lim
Sirtqi bo`lim
Xalqaro aloqalar bo`limi
Axborot texnologiyalari bo`limi
Magistratura
Faoliyat
Anjuman
Ilmiy tadqiqotlar
Talim sohasi
Elektron kutubxona
Institut tarixi  
Bosh sahifa / Institut haqida / Institut tarixi   

Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash oliy ta`lim maktablari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Oliy ta`lim tizimida pedagogika oliy o`quv yurtlari alohida o`rin egallaydi..

Muqumiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika Instituti o`z faoliyatini 1931 yil yanvar oyida kechki pedagogika oliy bilimgohi sifatida (4 yillik o`qish muddati bilan) pedagogika texnikumi binosida boshlagan. 1939-40 o`quv yilidan boshlab u kunduzgi Davlat O`qituvchilar Oliy Bilimgohiga aylantirildi, 1943 yil esa, Xotin-qizlar Davlat Pedagogika Oliy Bilimgohi bo`ldi. 1943 yili oliy bilimgohga demokrat shoir Muqimiy nomi berildi.
Hozirgi kunda institutning kunduzgi va sirtqi bo`limlarida o`qishlar o`zbek va rus tillarida olib borilmoqda va talabalarga 5 ta fan doktori va professorlar, 81 nafar fan nomzodlari va dotsentlar fanlar asoslaridan ta`lim bermoqdalar.  Bugungi kunda institutda butun oliy o`quv yurti hayotini tubdan yangilashga yo`naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda, institut jamoasi yangi pedagogik tafakkur hamda o`quv-tarbiya, ilmiy tadqiqot va manaviy ishlar sifatini ko`tarish, shu asosda o`qituvchi kadrlar va tarbiyachilar tayyorlash ishini yanada yaxshilash sohasida muhim tadbirlarni amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda institutning bakalavriat bosqichida 16 ta ta`lim yo`nalishida ta`limning kunduzgi shaklida 4783 nafar, 8 ta yo`nalish bo`yicha sirtqi bo`limda 1781 nafar, 4 ta maxsus sirtqi shakllarida 1245 nafar talabalar tahsil olmoqdalar.  O`zbekistonda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da magistratura muhim bosqich sanaladi. 2003 yildan institutda matemanika, fizika, o`zbek tili mutaxassisliklari bo`yicha magistratura faoliyat ko`rsata boshladi. 2005 yilda institutda 12 nafar ilk qaldirg`ochlar magistraturani bitirib chiqdi. 2005 yilda yangi (tarix, adabiyot, biologiya, kimyo) mutaxassisliklari bo`yicha magistraturalar ochilib, mutaxassisliklar 7 taga etdi. Hozirgi kunda 7ta mutaxassislik bo`yicha 42 nafar magistrant tahsil olmoqdalar.

Institut shahar markazidagi zamonaviy o`quv binosida joylashgan. Unda eng yangi o`quv qurollari bilan jihozlangan, komputerli va displeyli texnikaga ega bo`lgan bir qancha o`quv kabinetlari va laboratoriyalar talabalarning bilim olishi uchun samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Sport kompleksi, profilaktoriya, talabalarni sog`lomlashtirish oromgohi, oshxonalar va yordamchi xo`jalik talabalar va o`qituvchilar xizmatida. Shuningdek, 224518 jild kitobga ega bo`lgan kutubxona, elektron kutubxona va katta o`quv zali doimo talabalar bilan gavjum.
Institut jamoasi ko`p millatli bo`lib, unda barcha millat vakillari bahamjihat faoliyat ko`rsatmoqdalar.

 


 

Copyright © 2007 QDPI. Axborot texnologiyalari bo`limi
arcteryxhandbags louis vuitton handbags chanel handbags gucci handbags the north face
replica handbags luxury moblie phonereplica handbags