|

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
DEKANI - TEXNIKA FANLARI NOMZODI.
XONBOBOYEV XAKIM IKROMOVICH.
1966-yili Dang`ara tumanida tug`ilgan. 1990- yili Qo`qon DPI fizika-matematika fakultetini bitirgan. Fizika kafedrasining katta laboranti (1991-yildan), Informatika va HT kafedrasi o`qituvchisi (1993-yildan), Fizika-matematika fakulteti o`quv ishlari bo`yich dekan o`rinbosari, (1994- yildan), Qo`qon DPI rector yordamchisi (2001-yildan), Qo`qon DPI AL va KXK lar bilan ishlash bo`yicha prorektori (2005-yildan), Fizika-matematika fakulteti dekani (2006-yildan) lavozimlarida ishlab kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi a`lochisi. Texnologik modul komponentlarini boshqarishda maqbul echimni tanlashning matematik modeli va algoritmlari mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan yaratgan dasturi uchun O`z R Patent idorasi tomonidan avtorlik guvohnomasi berilgan.
Qo`qon Davlat pedagogika instituti tarkibida matematika fakulteti 1939 yilda tashkil topgan. Lekin 1940 yildan keyin ikkinchi jaxon urushi yillarida bu fakultetga qabul to`xtagan va keyinchalik fizika-matematika bo`limi sifatida faoliyat ko`rsatib kelgan. Dastlabki yillarda bo`limda Farg`ona DPI professor o`qituvchilari xamkorligida fizika matematika fanlari o`qituvchisi tayorlangan. 1970 yilga kelib fakultet yana qayta tashkil topgan. Fizikatexnika fakulteti rasman 1994 yilda Umumtexnika fakul`teti nomi bilan matematika fakultetidan ajratilgan. 1998 yilda Fizikatexnika fakul`teti deb nom berilgan. 2005-2006 o`quv yilidan matematika va fizika-texnika fakultetlari birlashtirilib fizika-matematika deb nomlandi. Fakul`tet -tarkibida Fizika, Matematikag`informatika va Umumtexnika fanlari kafedralari bo`lib, hozirgi kunda 3ta
5140200-fizika va astranomiya, 5140100-matematikainformatika 5142000-mehnat talimi
Ta`limi yo`nalishlari bo`yicha bakalavr o`qituvchilar tayyorlaydi. Kafedralarda 16 ta fan nomzodi dotsentlar, 31 ta katta o`qituvchi va o`qituvchilar ta`lim tarbiya bermoqdalar. Fakul`tetni dastlab 1940 yillarda M. Muhammedov, keyinchalik M, Mamamdaliyev, X. Fozilov, X. Movlonqulov, Sh. Soliyev, N. Sheraliyev, S. Nosirov dotsent Sobirjon Meliboyev, f.m.f.n. Botirjon Mamadaliyevlar boshqargan bo`lib, 1999 yildan dotsent I.M. Qo`qonboyev 2006-yilgacha boshqarib kelib, 2006-yildan Fizika - matematika fanlari nomzodi. Dotsent H.I. Xonboboyev boshqarib kelmoqda.
|