|
FILOLOGIYA FAKULTETI DEKANI
FILOLOGIYA FANLARI NOMZODI.DOTSENT
TOJIBOYEV RUSTAM QODIROVICH.
1958-yil 16-fevralda Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida tug`ilgan. 1975-1979-yillarda Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika institutining o`zbek tili va adabiyoti fakultetida o`qigan. Institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagach, 1979-yil avgustdan o`z mehnat faoliyatini Qo`qon Davlat pedagogika instituti talabalar kasaba uyushmasi raisi vazifasida ishlashdan boshlagan. 1980- yilda o`zbek adabiyoti kafedrasiga ishga o`tib, bu yerda katta laborant, o`qituvchi, katta o`qituvchi, kafedra mudiri (1993-1995) vazifalarida ishlagan. Ayni paytda kafedra dotsentidir (1999-yildan). Tojiboev R.Q. 2002-yil 2-sentyabrdan o`zbek tili va adabiyoti, 2005-yil 26-avgustdan filologiya fakultetini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida fakultet jamoasi o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy va ahloqiy tarbiya sohasida bir qator yutuqlarga erishdi. Jumladan,2002-2006-yillarda fakultet o`qituvchilaridan 4 nafari nomzodlik disertatsiyalarini muvaffaqiyatili yoqladilar. Fakultetning folklor jamoasi “Xazina - 2003” “Xazina - 2005” Respublika tanlovida birinchi va oliy o`rinlarin egalladi. Fakultet professor – o`qituvchilari so`nggi yillarda 40 dan ortiq o`quv va uslubiy qo`llanmalar, 500 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalar e`lon qildilar. Tojiboyev R. Q. “O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi a`lochisi” nishoni bilan taqdirlangan (2006).
Filologiya fakulteti 2005 yil 26 avgustda o`zbek tili va adabiyoti hamda xorijiy tillar fakultetlarining birlashtirilishidan tashkil topgan. Fakultet tarixi 1931 yildan boshlangan. Turli yillarda o`zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili fakul`tetlari alohida-alohida faoliyat ko`rsatgan. Fakultet taixida Y. Pelisov, Nasrullo Davron, T. Minuboev, I. D. Savelzon, M. Hoshimova, V. Akramov, J. Abdullajonova, A. Dehqonov, O. Oxunov, M.J. Abdullayev, E. Qodirov, R.S. Akopyan, R. O`lmasov, M. Rasulova, R. Tojiboyev, kabi dekanlar, professorlar S. Erkinov, N. Mamatov, I.R. Rasulov, B. Madaliyev, O. Bozorov, dotsentlar L. Zohidov, N. Abdullayev, M.H. Abbosova, J. O. Qo`ziboyev, I. Po`latov, R. Shukurov, R. Saidova, I. Bekmurodov, S. Karimova, I.I. Rasulov, I. Madrahimov, N. Nazarov, M. Siddiqov, M. Jamoliddinov, M. Boshmonov, D. Rahmatova, Sh. Akramov, O. To`raqulov, G. Sidnev, H. Boyqo`ziyev, M. Solieyva va boshqa olimlarning nomlari va faoliyati o`ziga xos o`ringa ega. Ularning ko`pchiligi hozir ham o`zbek, rus va ingliz filologiyasi fanlaridan yoshlarga ta`lim bermoqdalar. Mustaqillik yillari fakultetda tadaba qabul qilish rejasi muntazam ravishda o`sdi . O`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi , rus tili va adabiyoti o`qituvchisi, ingliz tili va adabiyoti o`qituvchisi ixtisosliklaridan tashqari rus maktablarida o`zbek tili o`qituvchisi, eski o`zbek yozuvi, odobnoma o`qituvchisi kabi qo`shimcha ixtisosliklar bo`yicha ham pedagoglar tayyorlandi. O`tgan davr mobaynida fakultetni 10000 dan ortiq talaba tamomlagan. Sobiq talabalarimiz orasida taniqli muallimlar, olimlar, yozuvchi va shoirlar bor.
|