|
INSTITUTNING MA`NAVIYAT BO`LIMI
BOSHLIG`I - ABDURAXIMOV
SHOQOSIM ABDURAXMONOVICH.
Ma`naviyat-axloqiy tarbiya ishlar bo`limi jamoasida yuksak ma`naviy fazilatlarni kamol topshirish milliy mafkura shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an`analarimizga, umuinsoniy qadiriyatlarga xurmat, vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islahotlarni targ`ib qiladi. Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika institutining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`limi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to`g`risidagi Farmoni,1996 yil 9 sentyabrdagi Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to`g`risidagi Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 iyuldagi Ma`naviy-ma`rifiy islohotlarni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentyabrdagi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat kengashini qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi Farmoni asosida tashkil topgan. В В Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi o`z ishlarini 1997 yil 29 avgustdagi Oliy Majlisning 9 sessisyasida qabul qilingan Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi Milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish to`g`risidagi PQ-451-sonli Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining me`yoriy hujjatlari hamda ko`rsatmalari asosida amalga oshirilmoqda.
Faoliyati
Institutimizda ma`naviy-ma`rifiy, ahloqiy tarbiya sohasidagi ishlar quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi:
- Ommaviy ma`naviy-ahloqiy tarbiya tadbirlari.
- Milliy istiqlol g`oyasini targ`ib etish va talaba-yoshlar ongiga singdirish.
- Davlat va jamiyat taraqqiyoti oldida turgan dolzarb muammolar.
- Umumiy bayramlarni nishonlash yuzasidan ishlab chiqilgan ma`naviy-ahloqiy tarbiya dasturlari.
- Ma`naviyat kunlari tadbirlari.
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili e`lon qilinadigan yillar yuzasidan olib boriladigan ishlar.
- O`quv jarayonidagi ma`naviy-ma`rifiy ishlar.
- Talabalar turar joylarida olib boriladigan ma`naviy-ahloqiy tarbiya tadbirlari.
- Ustoz-shogird milliy an`analrining joriy etilishi.
- Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik.
- Sport va sog`lom turmush tarzi tarbiyasi.
- Ijtimoiy himoya va mehr-muruvvat tadbirlari.
- Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitishni takomillashtirish.
- Ma`naviy-ahloqiy tarbiya sohasida halqaro hamkorlik.
- Ma`naviy-ahloqiy tarbiya faoliyati samarasi monitoringi.
- Ma`naviy-ahloqiy tarbiya sohasida istiqboldagi vazifalar.
Axborot tahlil markazi
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2005 yil 24 iyundagi qo`shma buyrug`iga asosan Qo`qon Davlat pedagogika institutining Ma`naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo`limi qoshida 2005 yil 6 dekabrda Ahborot tahlil markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz boshlig`i etib Abdusalim Abdusalomovich Amanov tayinlangan.
Ahborot tahlil markazining vazifalari quyidagilardan iborat:
-
professor-o`qituvchilar va o`quvchi-talabalarni tezkor va zarur ahborot bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish;
-
ahborot soatlari rejalarini tuzish va ularning yuqori saviyada tashkil etilishi bo`yicha uslubiy yordam ko`rsatish;
-
o`quvchi-talabalarda ahborot materiallarini mutolaa qilish, erkin fikr yuritish va har qanday ahborotga to`g`ri munosabat bildirish ko`nikmalarini shakillantirish;
-
talabalarni jahon mamlakatlari va yurtimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, fan va san`at, madaniy-ma`rifiy hayotida muhim o`rin tutgan masalalarga oid ma`lumotlar orqali targ`ibot ishlarini olib borish;
-
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish yo`lidagi erishilgan yutuqlar bilan talabalarni doimiy tanishtirib borish;
-
o`zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosat mohiyatini o`quvchi-talabalarga tushuntirish orqali ularning siyosiy ongini shakllantirish;
-
vatanimizda osoyishtalikni saqlash, diniy ekstremizm, giyohvandlik va halqaro terrorizmga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risidagi ahborotlarni to`plash va targ`ib qilish;
-
bozor islohotlarini chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishga oid o`zgarishlar va yangiliklardan habardor etish.
|