|
INSTITUTNING O'QUV BO'LIMI BOSHLIG'I
TURG'UNOV AZIZ
O`quv bo`limi institut tuzdilmasining bir qismi hisoblanadi.
O`quv bo`limi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to`g`risida”gi Qonuni va “Kadralar tayyorlash milliy dasturi”ini hayotga tadbiq
etish asosida tashkil qilinadi va o`quv jarayonini sifatli tashkil qilishda
ma’lum ishlar amalga oshiriladi. Institut professor-o`qituvchilarini fan
mutaxassisliklari va axborot kommunikao’ion texnologiyalari bo`yicha reja
asosida malaka oshirish kurslaridan o`tib kelishlarida amaliy yordam berib
kelmoqda.
Institutdagi barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va
magistratura mutaxassisliklari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 16 avgustdagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to`g`risida”gi 343-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus
ta’lim vazirligining 2002 yil 21 fevraldagi buyrug`i bilan tasdiqlangan
namunaviy o`quv rejalari va Davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan.
Professor-o`qituvchilarning tasdiqlangan shaxsiy ish rejalari Oliy va o`rta
maxsus ta’lim vazirligining 2004 yil 29 maydagi 145-sonli buyrug`i asosida
ko`rib chiqilib “Vaqt me’yorlari”ga mos ravishda joriy etildi. O`qitish
jarayonidagi malakaviy amaliyot “O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim
muassasalari talabalarining malakaviy amaliyot haqida”gi Nizomda ko`rsatilgan
talablar asosida va o`quv rejasiga binoan tashkil etiladi.
Institutdagi o`quv jarayonini bir o`quv yili ko`lamida rejalashtirish va tashkil
etish, institutning o`quv ishlari bo`yicha hujjatlarini yuritish va hisobotlar
uchun ma’lulmotlar to`plash, o`quv jarayonini ta’minlash bo`yicha fakulhtetlar,
kafedralar va boshqa bo`limlarning ishlarini muvofiqlashtirish hamda o`quv
jarayoni tizimini takomillashtirish, institutda ta’lim olayotgan talabalarning
sessiya natijalarini tahlil etish o`quv bo`limining asosiy vazifalari
hisoblanadi.
O`QUV JARAYONINI REJALASHTIRISH:
- namunaviy o`quv rejaga asosan ishchi o`quv reja
ishlab chiqish. - o`qitilayotgan kurslar bo`yicha o`quv dasturlarining
mavjudligi va ularning ahvoli yuzasidan nazorat qilish. - o`quv
mashg`ulotlar jadvali va imtixonlar jadvalini tuzish. - talabalarning
davomati va talabalar kontingentidagi o`zgarishlarni tahlil etish
UMUMIY MA'LUMOTLAR
Bakalavr ta'lim yo'nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari umumiy soni (16 ta bakalavriat va 7 ta magistratura), bilim
sohalari bo'yicha kadrlar tayyorlash salmog'i; kafedralar (jumladan 17 ta
mutaxassis chiqaruvchi kafedralar) soni 24 ta; talabalar kontingenti (Jami 8396
(shu jumladan qizlar 5929 (70,6%)); boshqa viloyatlardan kelib o'qiyotganlar
(bakalavriat - 1299 nafar, magistratura - yo'q); bu o'quv yili bitiruvchilari
soni 2210 nafar, shundan bakalavr 2180 nafar, magistr 30 nafar;
professor-o'qituvchilar soni jami 485 (asosiy shtatdagilar 390), shulardan - fan
doktorlari, professorlar -15(3,1%), fan nomzodlari, dotsentlar-101(21%), katta
o'qituvchilar-78(16,1%), assistent o'qituvchilar-291(58,8%); joriy o'quv
yilining yarmida nashr etildi: 102 ta uslubiy maqolalar, 128 ta ilmiy-uslubiy
maqolalar, 5 ta monografiyalar, 4 ta darslik va o'quv qo'llanmalar, 82
o'quv-uslubiy qo'llanmalar. O'quv - uslubiy ishlarda 88% professor-o'qituvchilar
qatnashdilar(12% professor-o'qituvchilar qatnashmadilar).
|